
Boks yulduzi faoliyatini yakunladi
Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 37 yoshli amerikalik Deniel Jeykobs (37-5, 30 KO) faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
"Faoliyatimni yakunlaganini e’lon qilaman. Barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Boks hayotimni o‘zim tasavvur qilmagan darajada o‘zgartirdi va menga kuchli qadriyatlarni singdirdi”, – deb yozdi Jeykobs Instagram da.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyul kuni Jeykobs 2,5 yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytdi, ammo ochkolar bo‘yicha kichik Sheyn Mosliga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar