Boks. U-22 terma jamoamiz Osiyo chempionatini super natijalar bilan yakunladi!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.
Bugun - musobaqaning so‘nggi kuni doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz o‘zlarining final bahslarini o‘tkazdi.
Ushbu bosqichda jamoamiz eng ko‘p – 14 nafar vakil bilan ishtirok etdi.
Kumush medal. -48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Robiyaxon Baxtiyorova qozog‘istonlik Gulnaz Bo‘ribaevaga hakamlarning qarorlariga ko‘ra 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Oltin medal. Gulsevar Ganieva -51 kg vazndagi finalda Vetnam vakilasi Thi Ngos Tran Nguen ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.
Oltin medal. -57 kg vaznda Xumorabonu Mamajonova hindistonlik Yatri Shirishkumarni qiyinchiliksiz engdi - 5:0.
Kumush medal. -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Oysha Toirova qozog‘istonlik Bakit Seidishga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Oltin medal. Samandar Olimov uch karra Osiyo chempioniga aylandi. Bokschimiz -55 kg vazndagi finalda mo‘g‘ilistonlik Dulguunsaixan Xarxuga imkon qoldirmadi - 5:0.
Kumush medal. -60 kg vaznda o‘tkazilgan bahsda, Shoxrux Abdumalikov qozog‘istonlik Nurislam Kaldibaevga hakamlarning qarorlariga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi - 2:3.
Oltin medal. Sayat Ilyasov Osiyo chempioni. Bokschimiz -65 kg vazndagi bahsda, qozog‘istonlik Ilya Kalininni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Oltin medal. -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Muhammadazizbek Ismoilov yana bir qozog‘istonlik Nurbek Mursalni 4:1 hisobida taslim etdi.
Oltin medal. Shavkatjon Boltaev Osiyoda tengsizligini yana bir bor isbotladi. Bokschimiz -75 kg vazndagi finalda hindistonlik Neerajni "chopib tashladi" - 5:0.
Kumush medal. -80 kg vazndagi finalda, Rahmatullo Boymatov qozog‘istonlik Sanjar-Ali Begalievga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Oltin medal. Abdulaziz Abdurahmonov -85 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda, eronlik Sam Estakidan 5:0 hisobida ustun keldi.
Kumush medal. -90 kg da Shaxzod Polvonov hakamlarning qarorlariga ko‘ra, qozog‘istonlik Temirlan Mukataevga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oltin medal. Halimjon Mamasoliev ham Osiyo chempioni. Bokschimiz +90 kg vaznda hindistonlik Ishan Katariani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Kumush medal. -54 kg da Uzukjamol Yunusova mezbon sportchi Natnicha Chongprongklangdan engilib, musobaqani ikkinchi o‘rin bilan yakunladi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar
Хавотир холат!