
Boks. Stranja-2023: O‘zbek bokschilariga etadigani topilmadi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli "Stranja" turniri o‘z yakuniga etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, bokschilarimiz umumiy hisobda 18 ta (7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) medalini qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Terma jamoamiz tarkibida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
+92 kg: Bahodir Jalolov
Kumush:
-48 kg: Saidaxon Rahmonova
-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-67 kg: Bekzod Hamidov
Bronza:
-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: Havasbek Asadullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda yakuniy medallar jamg‘armasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. O‘zbekiston — 7-4-5
2. Bolgariya — 4-1-1
3. AQSh — 1-0-2
4. Braziliya — 1-0-1
5. Armaniston — 0-2-2
6. Hindiston — 0-1-2
7. Qozog‘iston — 0-1-1
7. Italiya — 0-1-1
7. Turkiya — 0-1-1
10. Argentina — 0-1-0
10. Ekvador — 0-1-0
12. Gruziya — 0-0-2
12. Daniya — 0-0-2
14. Xitoy — 0-0-1
14. Avstraliya — 0-0-1
14. Irlandiya — 0-0-1
14. Polsha — 0-0-1
14. Gretsiya — 0-0-1
14. Ozarbayjon — 0-0-1.
Fikrlar