Boks. O‘zbekiston chempionati finallarini matnli translyatsiya orqali kuzatib boring!

  • 7 noyabr, 2020, 11:26
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yangilash

Tecno

14:32: Shuning bilan O‘zbekiston chempionati finalidan amalga oshirgan matnli translyatsiyamiz o‘z yakuniga etdi. Ushbu translyatsiyani Abdulvosid Valixonov matnli translyatsiya tarzida e’tiboringizga havola etdi.

14:31: Jahongir Zokirov bellashuvga kelmaganligi sababli Lazizbek Mullajonov o‘z vaznida O‘zbekiston chempioni deb e’lon qilindi. 

14:29: 91 kgdan yuqori bo‘lgan superog‘ir vazn toifasi jangchilari o‘rtasidagi final boshlanmoqda. Lazizbek Mullajonov - Jahongir Zokirov bahsi.

14:18: Jang yakunlandi. Ha, haqli ravishda Madiyor Saidrahimov - 91 kggacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston chempioni!

14:13: Ikkinchi raund ham Madiyorning ustunligida o‘tdi. U nomdor raqibini ancha og‘ir zarbalar bilan siylayapti.

14:09: Madiyor Saidrahimov birinchi raundni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 

14:06: 91 kggacha vazn toifasidagi finalda Sanjar Tursunov va Madiyor Saidrahimov bahs olib boradi. 

13:54: Jang yakunlandi. Hakamlarning yakdil qarori bilan Dilshod Ro‘zmetov 81 kggacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston chempioni!

13:50: Ikkinchi raundda Ro‘zmetov tajribasini ko‘rsata oldi. 

13:46: Birinchi raundda tenglik. Har ikki bokschi zarbalar almashib olmoqda. Soburov faol bo‘lishga harakat qilmoqda. 

13:41: 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi final bahsi Dilshod Ro‘zmetov va Temurxon Soburov o‘rtasida kechadi. 

13:32: Aslanovning sekundanti jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Saidjamshid Jafarov - 75 kggacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston chempioni!

13:30: Birinchi raund juda passiv o‘tdi. Hakam raund davomida bokschilardan buning uchun ochko ham olib tashladi.

13:25: 75 kggacha bo‘lgan vazn toifasidagi final Saidjamshid Jafarov va Odiljon Aslanov o‘rtasida kechadi. 

13:07: 69 kggach bo‘lgan vazn toifasida Bobousmon Boturov g‘olib deb topildi. 

13:07: Uchinchi raund ancha teng kurashlarda kechdi. 

13:03: Ikkinchi raundni bemalol Yo‘ldoshev hisobiga yozib qo‘ysak bo‘ladi. Zarbalar salmog‘i ancha yuqori.

12:58: Birinchi raundda Yo‘ldoshev ancha faol harakat qildi. Zarbalarni javobsiz qoldirmayapti. Boturovning ochiq jangiga yaxshi turib bera olyapti. 

12:51: Navbatdagi jang 69 kggacha bo‘lgan vazn toifasida o‘tkaziladi. Ringga Bobousmon Boturov va Javlonbek Yo‘ldoshev taklif etiladi.

12:42: Abdumalik Halakov - 60 kggacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston Chempioni. 

12:41: Uchinchi raundda ochiq jang ham ko‘rdik. Kim g‘olib bo‘ladi?

12:37: Ikkinchi raund ham nisbatan teng kurashlar ostida kechdi. Hamon Halakov ring bo‘ylab tezkor harakatlarni amalga oshiryapti. Shunqor Abdurasulov esa vaziyatlarni poylayapti. 

12:32: Birinchi raund jang nomiga mos tarzda o‘tdi. Halakov oyoq harakatlarida juda chiroyli harakat qilmoqda. Ring bo‘ylab tingani yo‘q. Shunqor Abdurasulov esa dastlabki raundni biroz tejamkor o‘tkazdi. 

12:29: Markaziy jang boshlandi!

12:26: Navbat 60 kggacha bo‘lgan bokschilarga. Ringga Shunqor Abdurasulov va Abdumalik Halakov taklif qilinadi.

12:17: Hakamlarning yakdil qarori bilan Mirazizbek Mirzahalilov g‘olib deb e’lon qilindi. U 57 kggacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston chempioni!

12:16: Jang yakunlandi. Hakamlar qarorini kutamiz. 

12:12: Ikkinchi raundda Xurshidbek tajribali raqibi manziliga bir nechta kuchli zarbalar yo‘llay oldi. Uchinchi raund hal qiluvchi maqomda o‘tadi. 

12:08: Mirazizbek Mirzahalilov birinchi raundni tajriba evaziga ancha yaxshi o‘tkazdi. Kerakli joyda to‘xtay oldi, kerakli joyda seriyali zarbalar yo‘lladi. Xurshidbek ham bo‘sh kelmay, tengma-teng jang olib borishga harakat qildi.

12:02: Navbat 57 kggacha bo‘lgan bokschilarga. Mirazizbek Mirzahalilov - Xurshidbek Rasuljonov bahsi boshlanmoqda. 

11:56: Eng engil vazn toifasida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati sovrindorlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda!

11:52: Jang yakunlandi. Hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori evaziga Mironshoh Ibragimov g‘olib deb e’lon qilindi. Buxorolik bokschi 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston chempioni.

11:48: Ikkinchi raundda Shahzod Muzaffarov biroz vaziyatni tenglashtirdi. So‘nggi raundda barchasi hal bo‘ladi. 

11:44: Birinchi raundda Mironshoh Ibragimovning zarbalarida aniqlik ko‘proq bo‘ldi. Mironshoh Ibragimov ham yaxshi jang olib borayotganini ta’kidlab o‘tish joiz.

11:39: Navbat 52 kggacha bo‘lgan bokschilar finaliga. Qizil burchakda Mironshoh Ibragimov, ko‘k burchakda esa Shahzod Muzaffarov jang olib boradi.

11:37: Kutilganidek Nodirjon Mirzaahmedov - 49 kggacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston chempioni!

11:36: Uchinchi raund ham biroz teng kurashlar bilan o‘tdi. Hakamlar qarorini kutamiz.

11:32: Ikkinchi raundda ham qizil burchakda harakat qilayotgan Mirzaahmedov raqibini ring bo‘ylab ta’qib qilib bordi. Ishjanov esa qarshi zarbalarni poylayapti. Uchinchi raundda faolroq harakat qilmasa, g‘alaba raqib tomoniga o‘tib ketishi tayin.

11:29: Birinchi raund deyarli teng kurash ostida kechdi. Nodirjon biroz faolroq harakat qilgandek!

11:24: Assalomu alaykum, aziz boks ixlosmandlari. Nodirjon Mirzaahmedov va Ibrohim Ishjanov dastlabki finalchilar. Ular 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib boradi. Boshladik!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!