
Boks. O‘zbekiston chempionati boshlanishiga ham oz fursat qoldi
2025 yilning 20-28 yanvar kunlari Toshkent shahri, 2024 yilgi kattalar o‘rtasida (erkaklar va ayollar) O‘zbekiston chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.
Musobaqaning saralash bahslari 21-25 yanvar kunlari Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks zalida bo‘lib o‘tadi.
26-28 yanvar kunlari bo‘lsa, mamlakat birinchiligining yarim final va final janglari "Zo'r TV" (Renesans Hall) binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar