Boks. Ikki murabbiyimiz faxriy unvon va orden bilan mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni:
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan - Dostanov Alimardon Maxmur o‘g‘li (Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘limi murabbiysi).
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan: Ruziaxunov Rahmatjon Tursunovich (boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi).
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.



Fikrlar