
Boks: Butunjahon armiya o‘yinlarida bir g‘alaba va bir yo‘qotish
Xabaringiz bor, Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, ringga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz 1 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni qayd etishdi. Kechki dasturda -75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov venesuelalik Diego Pereiraga qarshi jang qiladi.
-64 kg: Jahongir Rasulov - Dilmurat Mijitov (Qozog‘iston) 0:5
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov - Kassim Mbundvike (Tanzaniya) 5:0
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar