
Boks. Aziza Yakubova ilk bosqichdayo jahon chempionati bilan xayrlashdi
Hindistonda davom etayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kunida 1 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi.
-50 kg vazn toifasida Aziza Yakubova tailandlik Chutamat Raksatga qarshi jang olib bordi va afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Aziza Yakubova jahon chempionatidagi ishtirokini ilk bosqichdayoq yakunladi.
Fikrlar