
Blaxovich: "Ehtimol u mening navbatdagi raqibimga aylanar"
Yarim og‘ir vaznda (93 kg) sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich (29-10-1) promoushenning yana bir sobiq chempioni Irji Proxazka(29-4-1) bilan jang o‘tkazish istagi borligini ma’lum qildi:
“Ha, men u bilan Evropada jang qilishni istardim, aniqrog‘i Polshada, "Milliy" stadionda. Bu katta va ajoyib jang bo‘lar edi. Men bu haqida anchadan beri gapiryapman, ehtimol u mening navbatdagi raqibimga aylanar", – dedi jangchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Blaxovich elkasidan olgan jarohati tufayli Aleksandr Rakichga qarshi jangni tark etgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar