
Blatter FIFA qarorlaridan norozi
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter futbolning haddan tashqari tijoratlashib ketgani haqida gapirdi.
"Futboldan foydani xuddi limon sharbati kabi ko‘proq siqib chiqarishga urinishlar kuzatilyapti. Masalan, kelgusi mundial yoki klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi turnirlarda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Bu qarorlar yaqinda o‘ylab topildi va ancha kulgili.
FIFAning klub futboliga hech qanday aloqasi bo‘lmasa ham bu kabi yangi o‘zgarishlarni qilishdan charchamaydi", - dedi Blatter "Die Zeit" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, kelasi yilning fevral oyida Marokashda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi JCh hamda 2026 yili AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan mundial ishtirokchilari 48 tani tashkil etishi kutilmoqda. Bu esa ko‘plab e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Fikrlar