
Bitta o‘yinda 36 ta qizil kartochka? Nahotki?!
2011 yilda muxlislar futboldagi eng aql bovar qilmaydigan hodisalardan biriga guvoh bo‘lishdi. Argentinaning beshinchi divizioni vakillari - “Kleypol” hamda “Viktoriano Arenas” klublari o‘rtasidagi uchrashuv 36 ta qizil kartochka bilan yakunlandi.
Bosh hakam Damiano Rubino o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborishi oqibatida ommaviy tartibsizlik kelib chiqdi. Natijada, u maydondagi 22 nafar futbolchining hammasini, shuningdek, zaxiradagi barcha 14 nafar o‘yincha va murabbiylarni ham maydondan chetlatib, jami 36 ta qizil kartochka ko‘rsatdi.
Bu esa hozircha bir o‘yinda eng ko‘p qizil kartochka ko‘rsatilgan futbol tarixidagi yagona uchrashuv sifatida qolmoqda.
Fikrlar