
Birinchi medalimiz aniq. 19 yoshlik A’loxon Abdullaev bronza va 50 ming dollarga ega chiqdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullaev braziliyalik Vanderley Pereyraga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 16:00dan so‘ng start oladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Birinchi raundda A’loxon Abdullaev ustunlikka erishdi - 3:2.
Ikkinchi raundda braziliyalik bokschining qo‘li baland keldi - 2:3.
Uchinchi raundda Vanderley Pereyra ustunlik qildi - 0:5. Yakuniy hisob 1:4 braziliyalik bokschi foydasiga.
Shu tariqa, jahon chempionatidagi ilk medalimiz aniq. A’loxon bronza medaligini qo‘lga kiritdi va 50 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
Fikrlar