
Bir yildan beri futboldan uzoq yurgan Neymar qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Neymar o‘tgan yili yozda PSJdan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tganidan keyin Braziliya terma jamoasi safidagi o‘yinda og‘ir jarohat olgan edi.
Yaqinda ana shu noxush voqea yuz berganiga bir yil bo‘ladi. Neymarning tiklanishi kutilganidan uzoq davom etmoqda.
Mutaxassislar Neymar yangi mavsumgacha oyoqqa turishini taxmin qilgandi. Amalda unday bo‘lmadi.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, braziliyalik futbolchiga salomatligini to‘liq tiklab olishi uchun kamida yana ikki oy vaqt kerak ekan. Davolanish holati rejadagidek kersa, Neymar noyabrda maydonga qaytadi.
Fikrlar