Bir qator bokschilarimiz harbiy xizmatni boshladi

  • 6 dekabr, 2020, 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Har bir O‘zbekiston fuqarosi Vatan oldidagi burchini bajarishi lozim. Yigitlik burchini bajarish vatanparvarlikning oddiygina ko‘rinishi... Albatta, bu mavzuga bejizga to‘xtalmadik. Sababi, bir qator bokschilarimiz ham o‘zining Vatan oldidagi burchini bajarishga yo‘l oldilar. Ya’ni, harbiy xizmatni o‘tashga bel bog‘ladilar.

Tecno

Yigit

Jumladan, joriy yilgi O‘zbekiston chempionatining +91 kg vazn toifasidagi chempioni Lazizbek Mullajonov, 57 kg vaznda kumush medalni qo‘lga kiritgan Xurshidbek Rasuljonov, jahon chempionati kumush medal sohibi Dilshodbek Ro‘zmetov, yoshlar o‘rtasida jahon chempionati vitse-chempioni Bilolbek Mirzarahimov hamda O‘zbekiston chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ushbu sharafli ishni amalga oshirish jarayoniga kirishdilar.

Yigit1

Yigit2

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
06/12/2020 17:36
Бунакаларнинг хизмати санаториядагидйк утиб кетади Хизмат билан эмас уйин билан утади