Bir ko‘z bilan ham professional litsenziyani qo‘lga kiritish mumkin

  • 26 iyun, 2024, 10:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bir ko‘zi yo‘q bo‘lsada professional litsenziya olishga muvaffaq bo‘lgan amerikalik jangchi D'Andre Tara Mayli UFC da ishtirok etayotgan rossiyalik Sharabutdin Magomedovga ham litsenziya olishga deyarli hech narsa xalaqit bermasligini aytdi.

Tecno

2013 yildan buyon turli kichik promoushenlarda qatnashgan va 10 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayt etgan Maylining ta’kidlashicha, u hech qachon ko‘rish muammolarini yashirishga ham urinmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p narsa sport komissiyasiga bog‘liq: u jang o‘tkazadigan uchta shtatda litsenziya olishga muvaffaq bo‘lgan, ammo rad etishlar ham bo‘lgan - ulardan biri tufayli, xususan, Bellator dagi debyuti ikki yilga surilgan. 

Eslatib o‘tamiz, UFC rahbari Dana Uayt yaqinda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan "UFC On ABC 6" turniridan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Magomedov qachondir Qo‘shma Shtatlarda jang qilishiga shubha bildirdi va hozircha uni faqat Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga jalb etishni rejalashtirayotganini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!