
Bir hafta oldin "Milan"ga gol urgan futbolchi bugun "rossonerilar" bilan shartnoma imzoladi
Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi hujumchisi Yens Xauge rasman "Milan" futbolchisiga aylandi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi “rossonerilar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning transferi esa 5 mln evroni tashkil etdi.
Ta’kidlash kerakki, Xauge o‘tgan hafta Evropa ligasi saralashi doirasida “Milan” darvozasini ishg‘ol etgan edi. Endi u shu jamoa safida 15-raqamda to‘p suradi.
Fikrlar