Bir daqiqadan sal ko‘proq o‘ynagan "Galatasaroy" Turkiya Superkubogi sohibiga aylandi

  • 8 aprel, 2024, 05:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superkubogi uchun o‘tkazilgan "Galatasaroy" - "Fenerbaxche" uchrashuvi bir daqiqadan sal ko‘proq davom etdi. 

O‘yinning ilk daqiqasidayoq Mauro Ikardi hisobni ochdi. Shundan so‘ng yoshlarni maydonga tushirgan Ismail Kartal shogirdlari maydonni tark etdi. Shu tariqa, Okan Buruk shogirdlari kubokni qo‘lga kiritdi. 

Qayd etish lozim, "Fenerbaxche" klubi "Trabzonspor"ga qarshi bellashuvdan so‘ng mezbon jamoa muxlislarining maydonga tushib, ularga tashlangani uchun boshqa chempionatga o‘tish haqida o‘ylamoqda va mazkur Superkubok bahsini o‘yinsiz boy berganiga ham sabab shu. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!