
Bilasizmi? "Olimpik" yuqori oltilikdagi jamoalarning faqatgina bittasiga mag‘lub bo‘lgan (foto)
Kecha O‘zbekiston Superligasida 16-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
Toshkentning "Olimpik" klubi "Jar" stadionida poytaxtning boshqa bir jamoasi "Paxtakor"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Qiziqarli tomoni shundaki, mazkur jamoalarning birinchi davradagi o‘yini ham shu hisobda yakuniga etgan.
E’tiborli tomoni, Temur Kapadze shogirdlari ayni payt turnir jadvalida kuchli oltilikni band etib turgan jamoalar orasida faqatgina "Qizilqum"ga imkoniyatni boy bergan. 1-davra 5-tur doirasidagi bellashuvda navoiyliklar 1:0 hisobida zafar quchgan. Yuqori o‘rinlardagi boshqa hech bir jamoa olimpiyachilar qarshiligini sindira olmagan. Bu esa mavsum debyutanti uchun ajoyib natija hisoblanadi.
Fikrlar