
Bilasizmi? Mane PlayStation’da futbol o‘ynashni bilmaydi
"Liverpul" klubi va Senegal terma jamoasi forvardi Sadio Mane PlayStation o‘ynashni bilmacligini aytdi.
“Ehtimol men PlayStation’da futbol o‘ynashni bilmaydigan yagona professional futbolchi bo‘lsam kerak. Men shu kungacha buni hech qachon buni o‘ynab ko‘rmaganman va bunga qiziqmaganman. Men xatto joystikdan qanday foydalanishni ham bilmayman”, - deydi Mane.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum APLda 22ta gol urdi va musobaqa to‘purarligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar