Bikmaev yana "Lokomotiv" safida gol urishni boshladi. "Temiryo‘lchilar" bu safar Ukraina klubini mag‘lub etdi

  • 29 yanvar, 2023, 15:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Lokomotiv" navbatdagi bahsda maydonga tushdi. Unda "temiryo‘lchilar"ga Ukrainaning "Chernomorets" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchdi. 

"Lokomotiv" safida gollarga Marat Bikmaev, Oleg Zoteev va Ma’ruf Jumaev mualliflik qildi. Raqib tomonidan javob goli 24-daqiqada Sergey Politilo tomonidan kiritildi. 

Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz Kosovoning "Dukajini" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!