
Biatlonchilarimiz Italiyada tayyorgarlik ko‘rmoqda
Biatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dilmurod Abdurahmonov va Rolan Raimqulov yaqinlashib kelayotgan Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Hozirda har ikki sportchimiz Italiyada so‘nggi tayyorgarlik bosqichini olib borishyapti.
Sportchilarimiz Osiyo o‘yinlaridan oldin Martello shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro biatlon ittifoqi kubogida qatnashishadi. Rejaga ko‘ra, ular ertaga o‘tkaziladigan sprint poygasida startga chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlari to‘qqizinchi qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib, 2025 yilning 7-14 fevral kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar