Beylga xaridor chiqdi!

  • 27 iyun, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kerak bo‘lmay qolgan Garet Beyl faoliyatini AQShda davom ettirishi kutilmoqda. Uelslik futbolchi shu kunlarda Devid Bekxemga qarashli bo‘lgan “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasidan taklif oldi.

Tecno

Mavsumni ijara asosida “Tottenxem”da yakunlagan Beyl “Real”ga qaytib, kelasi mavsum yakunlanishi bilan faoliyatini tugatishni o‘ylayotganini aytgandi. Keyinchalik, u Evropa chempionatidan keyin butsalarini mixga ilishini aytdi.

Bekxemning taklifi Beylning qarorini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ayni paytda tomonlar muzokara olib bormoqda.

“Real”ning yangi bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham kelasi mavsumda uelslik hujumchiga imkoniyat bermasligini uqtirgan. Demak, Bekxemga Uels yulduzini ko‘ndirish unchalik qiyin bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!