
Beyl Xitoy klubidan bo‘lgan fantastik taklifni rad etdi
Xabaringiz bor bundan avvalroq Xitoy klubi "Real" Madrid vingeri Garet Beylni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli uelslik futbolchi xitoyliklarning yiliga 68 million evro maoshli taklifini rad etgan va “qirollik klubi”da qolishga qaror qilgan. Aytish kerakki, uning Madriddagi maoshi yiliga 17 mln evroni tashkil etadi.
Ee’tiborlisi,“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Beylni yangi mavsum rejalariga kiritmayapti. Ammo, shunga qaramay u jamoada qolib, o‘zini ko‘rsatmoqchi.
Ma’lumot uchun, Beyl o‘tgan mavsum “Real” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar