Beyl “Real” fanatlari yomon ko‘radigan jamoaga o‘tadi

  • 25 aprel, 2022, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati katta maosh olib, kam o‘ynayotgan o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Garet Beyl bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan. Uelslik yulduzning madridliklar bilan shartnomasi 30 iyunda tugaydi. Jamoa yangi bitim bergani yo‘q.

Tecno

Beylga Madrpidning ikkinchi klubi – “Atletiko” ish taklif qilmoqda. Diego Simeone 32 yoshli o‘yinchi jamoaning hujumkorligini oshirishiga ishonmoqda.

Garet ham faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni xohlaydi va bu taklifni qabul qilishga moyil bo‘lib turibdi.

Yulduz darajasidagi futbolchining raqib jamoaga o‘tishi shundoq ham Garetni yoqtirmay qolgan “Real” muxlislarini yanada jumbushga keltirishi tabiiy.

Beyl bu mavsum atigi etti marta maydonga tushib, bitta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!