
Bernarduning "Barselona"ga transferi Gvardiola sabab barbod bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi hamda "Manchester Siti" vingeri Bernardu Silva "Siti"da qoladigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bernarduning ketish taklifiga "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola rozi bo‘lmagan. Portugal yaqin kunlar ichida "shaharliklar" bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Bernarduga avvalroq Frantsiya grandi PSJdan ham 60 million evrolik taklif bo‘lgandi. Ammo "Siti" ushbu taklifga rad javobini bergan.
Fikrlar