
Benzemada "Manchester Yunayted" varianti ham bo‘lgan, ammo...
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas hujumchi Karim Benzema undan "Real"ga qo‘yib yuborishni so‘raganini esladi.
“Karim – katta qiyinchiliklar bilan, katta raqobatga qarshi kurashib, muvaffaqiyatga erishgan futbolchi. U juda kuchli akademiyaga ega klubda o‘zini tanitishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘sha paytda unga "Real"dan tashqari bir qancha klublardan takliflar bo‘lgandi, jumladan, "Manchester Yunayted"dan ham.
Shunda Benzema menga: “Prezident, agar ketishga to‘g‘ri kelsa, “Real”ga o‘tishni afzal ko‘raman, chunki bu mening orzuim”, - degandi.
Biz "Real"ni tanladik va bu yaxshi natija berdi. Karim “Lion” haqida mehr bilan gapiradi, bu erdagi faoliyatining har bir daqiqasini eslaydi.
U “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan vaqtida sahnada turib, butun dunyo uni kuzatib turganida, “Lion” akademiyasi va shaharni esladi”, — dedi Jan-Mishel Olas.
Eslatib o‘tamiz, Benzema "Real"ga 2009 yil 35 million evro evaziga "Lion"dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar