Benzema o‘ziga jamoa tuzdi
Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ittihod” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 37 yoshli frantsiyalik hujumchisi Karim Benzema o‘zining orzular jamoasini tuzdi.
AS nashrining xabar berishicha, futbolchi 4-3-3 sxemasini tanlagan.
Benzema darvozaga Myunxenning “Bavariya” klubi posboni Manuel Noyerni qo‘ydi.
Himoya chizig‘iga “Barselona”ning sobiq futbolchisi Dani Alvesni, shuningdek, Madridning “Real” klubida birga o‘ynagan jamoadoshlari Serxio Ramos, Pepe va Marseloni joylashtirdi.
Yarim himoyachilardan u Frantsiya terma jamoasidagi sherigi Pol Pogbani, braziliyalik Ronaldino va “Real” da o‘ziga ustozlik qilgan Zinedin Zidanni tanlab oldi.
Nihoyat, Chempionlar ligasining besh karra g‘olibi hujum chizig‘i uchun umumiy qo‘shib hisoblaganda jami 15 ta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan hujumchilar – Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Ronaldoni (Nazario) tanladi.
Joriy mavsumda Benzema klub safida barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi. Ilgari frantsiyalik futbolchi “Lion” va “Real”da o‘ynagan.



Fikrlar