Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida gapirdi

  • 29 avgust, 2022, 15:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema 2021/22 yilgi mavsum yakunida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tecno

"Keling, nima bo‘lishini ko‘ramiz va ovoz berish natijalarini kutamiz. Men bolaligimdan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni orzu qilib kelar edim, hozir esa bu orzuimga erishishga juda yaqin turibman. Ko‘ramiz", - dedi Benzema "L'equipe" nashriga bergani intervyusida.

Yaqinda Benzema UEFA talqini bo‘yicha o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi esa 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!