
Benzema Messining gaplariga “otvet” qaytardi
"Real" hujumchisi Karim Benzema Lionel Messining bu yil "Oltin to‘p"ga frantsiyalik futbolchi loyiq ekanligi haqida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
“Men Leodan bunday so‘zlar eshitganimdan juda ham xursandman. U dunyodagi eng zo‘r futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun, Messining gaplari o‘zgacha kuch va motivatsiya beradi. Bu kabi e’tiroflardan keyin ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman”, — deydi Benzema Tyc Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Karim Benzema madridliklar bilan birgalikda Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Shuningdek, frantsiyalik Chempionlar ligasining “eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. Mutaxassislar Benzemani bu yil “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar sifatida ko‘rmoqda.
Fikrlar