Benzema La Ligada eng zo‘ri bo‘ldi
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La Ligasining o‘tgan sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
33 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan oy La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Karim Benzema joriy mavsum “Real” safida jami 10 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 10 ta gol urdi va jamoasining 7 ta goliga assistentlik qildi.
“Real” 8 turdan so‘ng, 17 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar