
Benzema faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qildi
“Oltin to‘p” sovrinining amaldagi sohibi Karim Benzemaning “Real” bilan shartnomasi yakunlanib bormoqda.
Shunga qaramay, frantsiyalik to‘purar kelajagidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. 35 yoshli futbolchi hozirgi klubi bilan hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoniga ega.
Manbalarning ma’lum qilishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan, biroq bu haqda hali rasman e’lon qilingani yo‘q.
Karim Benzema joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 11 ta to‘p kiritdi. Umumiy hisobda esa, tajribali hujumchi “Lion”dan olib kelinganidan beri 621 ta o‘yinda o‘z hisobiga 334 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar