
Benzema ayni paytda Frantsiyaning eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi. U Mbappe emas!
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi hujumchisi Karim Benzama 2023-2024 yilgi mavsum bo‘yicha Frantsiyaning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi.
36 yoshli tajribali hujumchi fikriga ko‘ra, hozirgi paytda “Real”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Eduardo Kamavingadan zo‘r frantsiyalik futbolchi yo‘q.
Undan keyingi o‘rinlarda PSJ to‘purariga aylanib borayotgan Bredli Barkola va uning jamoadoshi Uorren Zair-Emeri e’tirof etilmoqda.
Qizig‘i shundaki, Benzema eng zo‘r deb hisoblayotgan Kamavinga 2023-2024 yilgi mavsumda barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda biror marotaba gol urolmadi. Quruq seriya yangi mavsumda ham davom etmoqda.
Fikrlar