Benil Dariush: "U bahs boshidayoq Maxachevni nokautga uchratishi mumkin"

  • 17 iyul, 2024, 20:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFCning ettinchi raqamli jangchisi Benil Dariush (22-6) engil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev (26-1) va birinchi raqamli engil vazn toifasidagi Arman Tsarukyan (22-3) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Islomning asosiy afzalligi – sabrdir. Chidamlilik jihatidan ham u potentsial raqibi Tsarukyandan ustun. Menimcha, ular o‘rtasida jang to‘liq besh raund davom etadi va Maxachevning qo‘li baland keladi. Ammo Arman "portlovchi" jangchi ekanini hisobga olsak, u bahs boshidayoq Islomni nokautga uchratishi ham mumkin. Agar buni dastlabki raundlarda bajara olmasa, Maxachevning g‘alaba qozonish imkoniyati oshib ketadi”, – dedi Dariush Submission Radio ga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!