"Benfika" Felishning o‘rniga "Real" futbolchisini sotib oladi

  • 4 iyul, 2019, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Benfika” hujumchisi Joau Felish 127 mln evro evaziga “Atletiko”ga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda lissabonliklar Felishning o‘rnini “Real” hujumchisi Raul de Tomas bilan to‘ldirishadi. “Benfika” rahbariyati allaqachon ushbu transfer masalasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra “qirollik klubi” 24 yoshli futbolchi uchun 20 mln evro oladi.

Ma’lumot uchun, de Tomas o‘tgan mavsumni “Rayo Valekano” safida ijarada o‘tkazgan edi. U o‘tgan mavsum 34ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!