
“Benfika” ettinchi super transferni amalga oshiradi
Portugaliyaning nomdor klubi yana Evropani zabt etishga bel bog‘ladi. Odatda, grand klublarga o‘yinchi sotib, daromad qiladigan “Benfika” yangi masvum oldidan tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Ayni paytda portugaliyaliklar “Real” bilan himoyachi Nacho Fernandes transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. “Benfika” bu o‘yinchiga manfaatli shartnoma va muntazam o‘yin amaliyotini va’da qilmoqda.
Hozirgacha “Benfika” oltita trasnferni rasmiylashtirdi. Xususan, “Tottenxem” vakili Yan Vertongen erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi. Shuningdek, “Gremio”dan Everton Soares (20 million evro), “Frayburg”dan Luka Valdshmidt (15 million evro), “Korintians”dan Pedrino (20 million evro) kabi futbolchilar “Benfika”ga qo‘shildi.
Fikrlar