Bellingem Angliyaga qaytadi

  • 23 oktabr, 21:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning mashhur yulduzi Jud Bellingemning tug‘ishgan ukasi Jobda yana jamoasini o‘zgartirish istagi tug‘ildi. Ma’lumki, 20 yoshli futbolchi yozgi transferlar oynasi davrida “Sanderlend”dan Germaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Ilgari Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olib, uning “Real”ga transferidan mo‘may daromad ishlagan “Borussiya Dortmund” klubi Job bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Akasidan farqli ravishda Job asosiy tarkibga kira olmayapti. Yangi jamoasida mavsum boshidan beri atigi ikki marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan futbolchi o‘yin amaliyoti etishmayotganidan noliyapti.

Shu bois, Job Bellingem Angliyaga qaytib ketmoqchi. Premer-liganing uch klubi – “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Kristal Pelas” iqtidorli yarim himoyasini qishki transferlar oynasi davrida ijaraga olishga tayyorligini aytilmoqda.

Bu haqda  Transfer News Live va Football Insider kabi nufuzli manbalar ma’lumot tarqatdi. Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ekspertlari Job Bellingemni 30 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!