
“Bellator 230” hamda “Bellator Milan” turniri natijalari bilan tanishing
Italiyaning Milan shahri “Allianz Cloud” arenasida tashkil etilgan “Bellator 230” hamda “Bellator Milan” turniri ham o‘z yakuniga etdi. Mazkur turnirning markaziy jangida rossiyalik Vadim Nemkov sobiq chempion Rafael Karvaloni ikkinchi raundda mag‘lubiyatga uchratdi. Vadim bo‘g‘ish usulidan mohirona foydalangan holda jang taqdirini hal qildi.
Quyida qolgan natijalarni e’tiboringizga havola qilamiz...
Bellator 230
Dragos Zubko & Xesdi Gergesa – hakamlar bir ovozdan Dragosni g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi.
Kirill Sidelnikov & Domingosa Barrosa - hakamlar bir ovozdan Kirillni g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi.
Uolter Pugliesi & Andrea Fuzi - hakamlar bir ovozdan Uolterni g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi.
Nikolo Solli & Danielya Kasselya- birinchi raundda og‘riqli usulni qo‘llash evaziga Nikolo g‘olib chiqdi.
“Bellator Milan”
Melvin Manxuf & Yanika Baxati – 1 raunddagi texnik nokaut evaziga Melvin g‘alaba qozondi.
Alessio Sakara & Kanaana Grigsbi - 1 raunddagi texnik nokaut evaziga Alessio zafar quchdi.
Stefano Paterno & Eshli Risa- hakamlar bir ovozdan Stefanoni g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi.
Rafael Masedo & Keyna Musu – Hakamlar qaroriga ko‘ra, Masedo g‘olib chiqdi.
Fikrlar