Belgilanmagan penalti, legioner futbolchilar, hakamlarning noto‘g‘ri qarorlari. Ro‘ziqul Berdiev AGMKga qarshi o‘yindan keyin “yorildi”

  • 18 avgust, 2022, 11:20
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida AGMKni qabul qildi. Qiziqarli va jangovor ruhda o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlandi. Bahsdan keyin "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Bugun 2 ochokni qo‘ldan boy berdik. Uchrashuvning dastlabki 15-20 daqiqalari teng kurashlar ostida o‘tdi. Ammo keyinchalik biz tashabbusni o‘z qo‘limizga oldik. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular o‘yinning oxirigacha g‘alaba uchun kurashdi. 3 ochko qo‘lga kirita olmaganimizning bir qancha sabablari bor. Avvalo o‘zimiz yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmayapmiz.

Rostini aytish kerakki, bugungi hakamlikdan umuman qoniqmadim. Referi bir necha vaziyatlarda xato qaror chiqardi. Birinchisi, Markoga jarohat etkazilgan vaziyat. Menicha, bu juda qattiq qo‘pollik va qoidabuzarga aniq qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi. Keyingi holat esa o‘sha ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan 11 metrlik jarima zarbasi. Ha, biz chempionatga VARni olib keldik, lekin bu bizning darajamizni o‘stirib qo‘ymasa kerak. Boisi, asosiy qarorni inson faktori hal qiladi. “Nasaf” bu kabi holatlarga ko‘p bora duch kelmoqda. “Olimpik” bilan o‘yinda ham bir vaziyat borasida xato qaror chiqarilgan. Bundan holat “Navbahor”ga qarshi o‘yinda ham bo‘lgan.

Legionerlarni taklif qilishdan asosiy maqsad nima? Ayni payt bizda optimal asosiy tarkib bor. Legionerlar esa ular bilan raqobat qilish uchun taklif qilingan. Hozircha yangi kelgan futbolchilarning hech qaysidan ko‘nglim to‘lmadi”, - deydi Berdiev o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!