
Belerinni "Bavariya"da kutishmoqda
"Bavariya" shu yoz "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football.london xabar tarqatmoqda.
Belerin myunxenliklar safida “Real”ga qaytib ketgan Alvaro Odriosola o‘rnini egallashi mumkin. Bundan avvalroq esa, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga PSJ va “Yuventus”dan ham qiziqish mavjud ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ektor asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar