
Belarus chempionati. Shahzod Ubaydullaev jamoasiga foyda keltirdi (video)
Bugun Belarus Oliy ligasida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Shahzod Ubaydullaev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi bu tur safarda "Energetik-BGU" klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ubaydullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Aynan unga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik sabab belilangan penaltini jamoa sardori Yuriy Kendish golga aylantirdi. Hamyurtimiz mazkur bahsda 56 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar