
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" qatorasiga uchinchi mag‘lubuyatni qabul qilib oldi (video)
Belarus chempionatida 6-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur safarda "Neman" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yaxshiboev maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 60-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Shu tariqa, "talabalar" qatorasiga uchinchi uchrashuvda mag‘lubiyat alamini "ta’tib ko‘rishdi".
Belarus chempionati. 6-tur
"Neman" - "Energetik-BGU" 3:0
Gollar: Kadimyan (66), Zabelin (72), Zabelin (82)
"Neman": Dudar — Vasilev, Stoykovich, Yatskevich (Marushich, 46), Slabashevich (Leshko, 66) — Yakimov, Kantariya — Rassadkin, Legchilin, Kadimyan — Zabelin.
Zaxira: Kurganskiy, Jukovskiy, Murachev, Pasevich, Shigaybaev, Koval, Vegerya.
"Energetik-BGU": Sadovskiy — Yudchits (Girs, 66), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa (Miroshnikov, 46), Mavatu — Musaxanyan, Tve — Nosko, Atemenge (Umarov, 60) — Yaxshiboev.
Zaxira: Lesko, Sovpel, Bakich, Makavchik.
Ogohlantirishlar: Slabashevich (36) - Mosaxanyan (23), Tve (29), Atemenge (55), Nosko (69)
Fikrlar