
Bekxem o‘z jamoasiga Angliya terma jamoasi sobiq darvozabonini jalb etmoqchi
"Byornli" klubi darvozaboni Jo Xart faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli Angliya terma jamoasi sobiq posboniga Devid Bekxemga tegishli "Inter Mayami" klubi jiddiy qiziqib qoldi.
Ma’lumot uchun, Xart “Byornli”da zaxira darvozaboni hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar