Bekxem MYu futbolchilarining xatti-harakatlarini qattiq tanqid qildi

  • 2 iyun, 15:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" afsonasi Devid Bekxem sobiq klubining Osiyodagi mavsumoldi turnesi davomida futbolchilarning xatti-harakatlaridan norozilik bildirdi. Angliya terma jamoasining sobiq sardorining fikriga ko‘ra, ayrim futbolchilar muxlislarga va klub ramziga etarli hurmat ko‘rsatmayapti.

Tecno

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, Malayziyadagi safar o‘yinlari chog‘ida bir nechta noxush holatlar yuz bergan. Janubi-Sharqiy Osiyo yulduzlari termasiga qarshi o‘yinda (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng hujumchi Amad Diallo muxlislarga noo‘rin imo-ishora ko‘rsatgan. Yana bir futbolchi — yarim himoyachi Alexandro Garnacho, guvohlarning aytishicha, uni kameraga olishga uringan bir muxlisni itarib yuborgan.

"Klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda, lekin maydondan tashqaridagi voqealar meni yanada ko‘proq ranjitmoqda. Men "Manchester Yunayted" futbolchisiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarni ko‘ryapman. Biz butun dunyo bo‘ylab muxlislarga hurmat bilan munosabatda bo‘lardik. Hozir esa buni aksini ko‘ryapmiz", — deya CBS Sports Bekxemning so‘zlarini keltiradi.

2024/25-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasida 15-o‘rinni egalladi, Evropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga 0:1 hisobida yutqazdi va kelasi mavsum Evrokuboklarda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!