
Bekxem Messiga "dahshatli" maosh to‘laydigan bo‘ldi
Lionel Messi faoliyatini Evropadan uzoqda AQSh chempionatida ishtirok etuvchi “Inter Mayami” klubida davom ettiradi.
Football Daily nashrining ma’lum qilishicha, Lionel Messining Amerikadagi yillik maoshi 43 million funt atrofida bo‘ladi. 1 iyul kuni tomonlar rasmiy shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng Lionel Messi AQSh chempionatining eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi.
“Inter Mayami” to‘laydigan maosh Messi PSJdan olgan mablag‘dan ko‘p ekanini ta’kidlash lozim. Parijliklar argentinalik yulduzning bir yillik xizmatini 38 million evroga baholagan edi.
Argentina terma jamoasi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin Leoning otasi Xorxe Messi PSJdan uning maoshini ko‘tarishni so‘ragan.
Fikrlar