Bektemir Meliqo‘zievning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 23 sentabr, 2020, 12:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida WBA Continental Americas kamari sohibi Bektemir Meliqo‘ziev ( 5-0, 4KO) o‘zining navbatdagi jangini 30 oktyabr kuni o‘tkazadigan bo‘ldi. Shu va boshqa masalalar yuzasidan to‘liqroq ma’lumot olish maqsadida biz bokschining menejeri Alik Frolov bilan bog‘landik.

Tecno

"Ha, Bektemir navbatdagi jangini 30 oktyabrda o‘tkazadigan bo‘ldi. Raqibga hali oydinlik kiritilgani yo‘q. Avvalgi belgilangan raqibi Alan Kampa ham bo‘lishi mumkin. Ammo biz promouterlardan kim bo‘lishidan qat’i nazar, yaxshiroq raqib so‘raganmiz. Hozircha aniq bir nomni ayta olmaymiz bizga promouterlar kimni bersa jang qilamiz."- dedi Frolov.

Meliqo‘ziev aslida 28 avgust kuni Xaver Fortuna va Xorxe Linares o‘rtasidagi jang kardida Alan Kampaga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo Linaresda koronavirus aniqlangani va boshqa raqib topilmaganligi uchun jang noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!