Bektemir Meliqo‘zievning hamkor promouteri 250 ming dollar berdi

  • 28 mart, 2020, 13:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

“Golden Boy” promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar De La Xoya Los-Anjelesdagi shifoxonalardan biriga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun 250 ming dollar ajratdi.

Tecno

“Onamga bu shifoxonada juda katta yordam ko‘rsatishgan, chunki u ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashgan edi. Hozir ushbu kasalxona koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq juda katta xarajatlarga duch kelgan.

Ushbu qiyin damda ularga yordam berish uchun biz 250 ming dollar ajratamiz. Men taniqli kishilarga, sportchilarga, ishbilarmonlarga ushbu inqirozni engish uchun mahalliy kasalxonalarga xayr-ehson qilishlarini so‘rab murojaat qilmoqchiman ”, - dedi De La Xoya.

Eslatib o‘tamiz: Hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev ham Oskar De La Xoyaning "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi tashkil qilgan jang kechalarida ringga ko‘tariladi. Ya’ni qo‘shma hamkorlikda ishlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!