
Bektemir Meliqo‘ziev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi
Professional boksning super-o‘rta vazn toifasida (76kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziev Kaliforniyada amerikalik Morgan Fitch bilan jang qildi.
Dastlabki raundlardan bokschimiz ustunlikka ega bo‘ldi. Jangning uchinchi raundida Bektemir tomonidan berilgan zarbalardan so‘ng raqib quladi va hakam jangni to‘xtatib texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziev professional boksdagi ettinchi jangdagi ettinchi g‘alabasini tantana qildi. Fitch uchun esa bu faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Fikrlar