
Bektemir Meliqo‘ziev nokaut evaziga zafar quchdi
AQShda super o‘rta vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziev ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimizga meksikalik Oskar Kortes raqiblik qildi.
Jangning dastlabki raundida Meliqo‘ziev raqibini mag‘lub etdi. Uning chap qo‘lda jigar qismiga bergan zarbasidan so‘ng, Kortes taslim bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bokschimizga Antonio Periban raqiblik qilishi kerak edi. Ammo jagga bir kun qolganida Periban shifoxonaga tushib qoldi va raqib o‘zgartirildi.
Fikrlar