
Bektemir Meliqo‘ziev ertaga jang qiladi yoxud Oskar de La Xoyya uni qay tarzda tanishtirdi?
Xabaringiz bor, ertaga tongda hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. U professional boksda yaxshigina tajribaga ega bo‘lgan, meksikalik Marko Antonio Periban ( (25-5-1, 16 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang Bektemir uchun beshinchisi bo‘lib, u shu kunga qadar to‘rt marotaba jangining barchasida g‘alaba qozongan va ularning uchtasida nokaut qayd eta olgandi.
Professional boks olamining "Tilla bola"si, De La Xoya bilan hamkorlik qilayotgan yurtdoshimizni ushbu jangga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oskar o‘ziga xos tarzda tanishtirdi. Bektemir ham jang avvalida o‘zining fikrlarini bayon etdi.
Quyida ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar