
Bektemir Meliqo‘ziev Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi (foto)
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) janglar o‘tkazib kelayotgan charm qo‘lqop ustamiz Bektemir Meliqo‘ziev bugun tongda navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l oldi. Meliqo‘ziev professional yo‘nalishdagi 11-bahsi iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev o‘zining oxirgi jangida Devid Zegarrani muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.
Fikrlar